Ilova turli buyurtmalarni bajarish imkonini beradi. Agar odamlarni yoki yuklarni tashimoqchi bo‘lsangiz, avtomobil kerak bo‘ladi. Maishiy xizmat ko‘rsatuvchilar, piyoda kuryerlar va boshqa mutaxassislar uchun ham ish bor. Tezgina ro‘yxatdan o‘tib, ilovani yuklab oling, shunda sizga o‘zingiz tanlagan soha bo‘yicha buyurtmalar ko‘rinadi.
Ilovada buyurtma haqida ma’lumot bor, shu jumladan, uning narxi va to‘lov usuli. Ko‘pchilik foydalanuvchilar naqdsiz hisob-kitobni tanlaydi — u bajaruvchi uchun ham, buyurtmachi uchun ham qulay.
Komissiya miqdori hududga, reklama aksiyalariga va hamkorlik shartlariga bog‘liq. Doim minimal foiz bilan ishlash imkoniyati bor. Ilovada doim siz buyurtma uchun oladigan aniq summa ko‘rsatiladi.